Ukrainada uruşning 486-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 24 iyun kuni «Vagner» XHK jangçilari milliondan ortiq kişi yaşaydigan Rostov-Donni nazoratiga oldi va Moskva tomon yöl oldi. Bu voqea Yevgeniy Prigojin e’lon qilgan «Adolat marşi» doirasida röy berdi. 
  • Vladimir Putin murojaat bilan çiqib, Prigojinni xiyonatda aybladi — şu bilan birga «Vagner» rahbarining nomini tilga olmadi.
  • RF Boş prokuraturasi RF JK 279-moddasi (qurolli isyon) böyiça Prigojinga qarşi jinoiy iş oçdi — bu modda 12 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini közda tutadi.
  • Moskva şahrida, şuningdek Moskva va Voronej oblastlarida aksilterror amaliyotlar rejimi joriy etildi. U hukumatga keng vakolatlar taqdim etadi: kuçişlatar idoralar sud qarorisiz regionlar aholisining şaxsiy yozişmalarini öqiş va istalgan binoga kirişi mumkin.
  • «Vagner» jangçilari Moskvaga yetişiga 200 kilometr qolganida Prigojin şunday dedi: «Qon tökilmasligi uçun öz kolonnalarimizni ortga buramiz va reja böyiça dala lagerlariga qaytamiz». Bu uning Aleksandr Lukaşenko bilan ötkazilgan muzokarasi natijasida röy berdi.
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga köra, Prigojinga qarşi oçilgan jinoiy iş töxtatiladi, u Belarusga «ketadi», isyonda qatnaşgan «Vagner» yollanma jangçilari esa «frontdagi xizmatlari inobatga olingan holda» qonun tomonidan ta’qib qilinmaydi.
  • Oryx loyihasi ma’lumotlariga köra, rossiyalik harbiylar «Vagner» XHK bilan qurolli nizo vaqtida uç vertolyot va bir samolyot yöqotgan. Rossiyalik harbiylaşgan va propagandaçi kanallarning RF mudofaa vazirligi yöqotişlari töğrisidagi ma’lumotlari bir-biridan farq qiladi — ayrim ma’lumotlarga köra olti vertolyot va bir samolyot urib tuşirilgani, kamida 13 nafar uçuvçi halok bölgani aytiladi. Yöqotişlar böyiça hozirça rasman ma’lumot berilmagan.
  • Moskva meri Sergey Sobyanin 26 iyun, duşanba kunini işlanmaydigan kun deb e’lon qilgan. Moskva oblastida ommaviy tadbirlar 1 iyulga qadar bekor qilingan. «Aksilterror operatsiyalar rejimi» poytaxtda ham, xuddi Moskva va Voronej oblastlarida bölgani kabi saqlanib qoladi.

Kiyev böylab raketa zarbasi

24 iyunga ötar keçasi Rossiya Kiyevga X-101/X-555 qanotli raketalari bilan hujum qildi — Kiyev harbiy ma’muriyati xabariga köra, 20 dan ortiq raketalar havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan. Şaharning Solomensk rayonida raketa parçalari 25 qavatli turar joy binosiga tuşgan, vayrongarçilik va binoning bir neça qavatlarida yonğin röy bergan. Yonğinni tongga kelib öçirişga muvaffaq bölişgan. Mahalliy harbiy ma’muriyatga köra, hujum oqibatida beş kişi halok bölgan, 14 kişi yaralangan, şundan tört nafari şifoxonaga yotqizilgan.