Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ayol kishini stakan bilan urgan erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi
Tarmoqda oshxonada o‘tirgan bir guruh ayollarga qarata noma’lum erkak stakan otgani tasvirlangan video tarqalgandi. Kadrda stakan ayollardan birining boshiga tegib, ko‘p qon oqqani ko‘rinadi. Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan bayonot berdi.
«Kitob tumani, Guliston mahallasida yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi «Karavan» nomli oshxonada o‘tirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari o‘tirgan oshxona stoliga kelib o‘tirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun mo‘ljallangan shisha idishni otgan.
Shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda bo‘yin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
12:41 / 16.03.2026