Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mazkur muassasalarning oʻqitish uslublari va taʼlimga yondashuvlari unda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yerda taʼlim sifati, yoshlarning iqtidorini roʻyobga chiqarish va mustaqil fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga alohida eʼtibor berilgan.

«Bunday ilgʻor amaliyot oʻzaro hamkorlik uchun keng yoʻl ochadi», - dedi Saida Mirziyoyeva.

U taʼlimni Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning muhim yoʻnalishlaridan biri deb atadi. Bu sohadagi hamkorlik yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va bir-birini yaqindan tanishiga xizmat qilishini qayd etdi.