Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu mamlakatda «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin isyon kötarganidan keyin ilk marta köriniş berdi. Rossiya mudofaa vazirligi Şoygu «maxsus harbiy amaliyot»da qatnaşayotgan ğarbiy harbiy guruhlardan birining faoliyati bilan tanişgani aytilgan post e’lon qildi va unga Şoyguning vertolyotda yurgani tasvirlangan videoni ilova qildi.

Şoyguga «Ğarb» okrugi komandiri Yevgeniy Nikiforov hisobot bergan. Şoygu okrug rahbariyati iştirokida yiğiliş ham ötkazgan.

Bu Şoyguning Rossiyada 23-24 iyun kunlaridagi harbiy isyondan keyin ilk marta köriniş berişi böldi. Yevgeniy Prigojin boşçiligidagi vagnerçilar Rostov oblastidan harakatlanişni boşlab deyarli heç qanday qarşiliksiz Moskvaga yaqinlaşgandi. Poytaxtga kirişga 200 km qolganida esa Prigojin Aleksandr Lukaşenko vositaçiligida ötkazilgan muzokaradan keyin qöşinlarini ortga qaytarişini e’lon qildi.

Harbiy isyondan maqsad, uning rahbari Prigojinning sözlariga köra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu va ştab boşliği Valeriy Gerasimovni qölga olib, jazolaş bölgan.

Rossiyada Şoygu iştirokidagi video eski bölişi mumkinligi haqida xabarlar paydo böldi. Rossiyada maşhur bölgan «Rybar» harbiy Telegram-kanalining yozişiça, mudofaa vazirligi Şoyguning «Ğarb» okrugiga taşrifi haqida tarqatgan video isyondan avval yozib olingan bölişi mumkin. Kanaldagi postda yozilişiça, bir neçta manbadan şunday ma’lumot kelgan.

Şuningdek, Boris Rojin muallifligidagi Colonelcassad kanalida e’lon qilingan post ham Şoygu videodagi safarini isyondan avval amalga oşirganiga işoraligi aytilgan. 23 iyun kuni tuşda e’lon qilingan öşa postda Şoygu Belgorod oblastiga qöşinlar va pozitsiyalarni tekşiriş uçun borgani yozilgan.