Öz guruhida ikkinçi bölgan Özbekiston U-17 jamoasi 1/4 finalda S guruhida yetakçi bölgan Saudiya Arabistonini Ollobergan Karimov va Dilşod Abdullayevning gollari evaziga mağlubiyatga uçratdi. E’tiborlisi, 1-bölimda darvozabon Muhammadyusuf Sobirov penaltini qaytardi va ğalabaga munosib hissa qöşdi. 

Endi qit’a çempionati yarimfinalida Jamoliddin Rahmatullayev şogirdlari 29 iyun kuni Janubiy Koreya bilan öynaydi. Ikkinçi yarimfinalda Eron va Yaponiya özaro röbaro‘ keladi. 

Osiyo Kubogi U-17. 1/4 final
26 iyun
Saudiya Arabistoni — Özbekiston 0:2
Gollar: Ollobergan Karimov (79), Dilşod Abdullayev (83). 
Özbekiston U-17: Muhammadyusuf Sobirov, Aziz Tölqinbekov, Ozodbek Öktamov, Laziz Mirzayev, Behruz Şukurullayev, Behruz Jumatov,  Şodiyor Şodiboyev, Muhammadali Raimov, Ollobergan Karimov, Şerzod Abdulboriyev, Dilşod Abdullayev.
Zaxira: Asilbek Nömonov, Diyor Tölaboyev, Asror Otaxonov, Mamadalixon Olimov, Abdulhamid Ikromov, Aminbek Yoqubov, Amirbek Saidov, Oybek Örmonjonov, Abdulhamid Turğunboyev, Nikolay Akopov, Quvonç Abrayev. 

Yaponiya — Avstraliya 3:1
Gollar: Navata (10), Miçivaki (23), Takaoka (74) — Irankunda (62).

25 iyun
Eron — Yaman 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2

Tailand — Janubiy Koreya 1:4
Gollar: Buranajutanon (16) — Min Vu (4), Kim Jun (36), Yun Dung (69), Kim Hyun (84).