Saudiya Arabistoni maydonlarida ötkazilgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionati yakunlandi. Finalda Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mağlub etib, qit’a çempionligini qölga kiritdi. Finaldan söng, Osiyo çempionatining eng yaxşi darvozaboni, futbolçisi va töpurari nomi e’lon qilindi.

Osiyo Kubogi öyinlarining eng yaxşi darvozaboni Özbekiston ösmirlar terma jamoasi posboni Ne’matulloh Rustamjonov böldi. Turnir töpurari deb Asilbek Aliyev topildi, Sadriddin Hasanov esa turnirning eng yaxşi futbolçisiga aylandi.

Toif şahridagi «Qirol Fahd» stadionida ötkazilgan final bahsidan keyin tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Osiyo kubogini qabul qilib oldi.

Öz navbatida, Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Özbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida çempionlikni qölga kiritgani munosabati Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov nomiga tabrik yölladi.
«Saudiya Arabistonida bölib ötgan 17 yoşgaça futbolçilar örtasidagi Osiyo kubogida ğoliblikni qölga kiritganingiz bilan Sizni va Özbekiston futbol oilasini çin qalbimdan tabriklaşdan mamnunman.
Özbekistonning musobaqa davomida körsatgan ajoyib öyinlari yurtingizda futbolni rivojlantiriş va ommalaştiriş yölida amalga oşirilgan mehnat va sa’y-harakatlaridan dalolatdir. Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyiş etgan yorqin öyinlari uçun minnatdorçilik bildiraman va FIFA U-17 Jahon çempionatida ham muvaffaqiyat tilayman!












