Ukrainadagi uruşning 488-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Jo Bayden ma’muriyati vakillari Ukraina qarşi hujumining dastlabki bosqiçi sust rivojlanayotganidan taşviş bildirgan. «Ular grafikdan ortda qolmoqda», — degan The New York Times naşriga AQŞ prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali mulozimlardan biri.
- Ukraina mudofaa vazirligi ukrain qurolli kuçlari Donetsk oblastidagi Rovnopol qişloğini ozod etgani haqida xabar berdi.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qöşinlarning oldingi çiziqdagi pozitsiyalariga keldi — Baxmut va Berdyansk yönalişlariga.
- Putin rossiyaliklarga navbatdagi murojaati vaqtida «Vagner» XHK jangçilarini RF mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga, uyga qaytişga yoki Belarusga ketişga çaqirdi. Keyin prezident Sergey Şoygu va boşqa kuçişlatar idoralar rahbarlari bilan yiğiliş ötkazdi.
- Moskva şahri, Moskva va Voronej oblastlarida Yevgeniy Prigojin boşlagan isyon vaqtida joriy etilgan aksilterror amaliyotlar rejimi bekor qilindi.
- Prigojinning özi isyon yakunlanganidan buyon birinçi marta öz harakatlari yuzasidan izoh berdi. U «Vagner» XHKda «rejimni ağdariş» maqsadi bölmaganini ta’kidladi.
- Latviya konsulxonasi «Rossiyadagi oldindan aytib bölmas hodisalar tufayli» rossiyaliklarning viza böyiça har qanday arizalarini qabul qilişni töxtatdi.
Donetsk oblasti Konstantinovka şahri yaqinidagi ukrain harbiy xizmatçilari

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press






























