Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Ukraina uçun Afrika tinçlik taşabbusini işlab çiqişda davom etadi, dedi JAR taşqi işlar vaziri Naledi Pandor 27 iyun, seşanba kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok bilan uçraşuvdan söng.

Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin taşabbusni muhokama qiliş uçun Afrika davlatlari rahbarlari bilan yana bir uçraşuv ötkazişga va’da berdi, dedi Pandor. «Biz Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning yakunlanişidan juda manfaatdormiz», — dedi JAR Taşqi işlar vazirligi rahbari. 

Rasmiy ravişda JAR hukumati Ukrainadagi harbiy harakatlar masalasida betarafligini e’lon qildi. Iyun oyi örtalarida prezident Siril Ramafosa Afrikaning boşqa olti davlati rahbarlari bilan tinçlikparvarlik missiyasi tarkibida Kiyev va Sankt-Peterburgga taşrif buyurdi. 

Ular tomonidan taklif etilgan tinçlik taşabbusi, jumladan, «muzokaralar va diplomatik vositalar orqali» tinçlikka erişiş, harbiy harakatlarni «imkon qadar tezroq tugatiş», «har ikki tomonda mojaroning keskinlaşuvini kamaytiriş», «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomiga muvofiq davlatlar va xalqlar suverenitetini hurmat qiliş» va «barça mamlakatlar uçun xavfsizlik kafolatlari»ni nazarda tutadi.