«Ukraina suveren davlat bölişdan töxtadi. Ularda pul yöq. Ularda qurol yöq. Ular faqat jang qilişlari mumkin, çunki biz ularni Ğarbda qöllab-quvvatlayapmiz. Demak, amerikaliklar tinçlikni xohlasa, tinçlik böladi», - deydi Vengriya boş vaziri.
Orbanning aytişiça, bundan taşqari, Ukrainaning ğalaba qozoniş imkoniyatlarini köriş «vaziyatni yetarli darajada tasavvur qilmaslik» degani. «Ukrainada askarlar soni Rossiyadan kam va ular tez tugaydi. Bu oxir-oqibat hal qiluvçi omil böladi», - dedi Vengriya boş vaziri va uruşning davom etişi ukrainaliklarga «tasavvur qilib bölmaydigan halokat, juda köp sonli odamlar va boyliklarni yöqotiş bilan tahdid qilişini» ta’kidladi.
Ğarb qurollari yetkazib berilmasa, Ukraina butunlay Rossiya tomonidan bosib olinadi, degan taxminni Orban «faqat faraz» deb atadi va Rossiyani NATO yoki Vengriyaning öziga tahdid sifatida körmasligini aytdi.
«Uruş tugagandan keyingina uruş jinoyatlari haqida gapirişimiz mumkin, agar siz öt oçişni töxtatib, keyin muzokara qilişni istasangiz, mojaroga aloqadorlarni muzokara stoliga ötirişga köndirişingiz kerak».
Orbanning fikriça, AQŞ Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatib, Rossiyani muzokaralar stoliga taklif qilsagina tinçlik böladi.

















