Avstriya YeI darajasida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga qarshi chiqdi
Vena Yevropa Ittifoqi sammitida Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘lmaydi, deya ma’lum qildi Avstriya kansleri Nexammer. Germaniya hukumati rahbari Shols Kiyev bilan muzokaralarni davom ettirishga va’da bermoqda.
Avstriya Yevropa Ittifoqi darajasida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarining qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Avstriya kansleri Karl Nexammer 29 iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan YeI sammitining birinchi kunida uning mamlakati bunday majburiyatlarga rozilik berishdan bosh tortishiga ishora qildi. Irlandiya, Kipr va Malta ham xuddi shunday pozitsiyani egalladi, deya qo‘shimcha qildi Avstriya hukumati rahbari. «Bizga neytral davlatlar sifatida ular (xavfsizlik kafolatlari) bu shaklda mavjud bo‘lolmasligi aniq», deb tushuntirdi Nexammer.
Ikki kunlik yig‘ilish arafasida Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlar Bryusselni urush tugaganidan keyingi davr uchun Kiyevga xavfsizlik kafolatlari masalasida ishtirok etishga chaqirdi. Bular harbiy yordam bo‘yicha aniq va’dalar yoki hujum sodir bo‘lgan taqdirda yordam berish majburiyatlarini o‘z ichiga olishi mumkin, deya ta’kidlaydi dpa.
Shu bilan birga, Germaniya kansleri Olaf Shols xavfsizlik kafolatlari mavzusini qisqacha izohladi. Germaniya hukumati rahbari «federativ respublika o‘zining eng yaqin ittifoqchilari bilan uzoq vaqtdan beri Ukraina bo‘yicha bunday muzokaralarni olib bormoqda va ularni davom ettiradi», dedi.
Ayni paytda, sammit ishtirokchilarining yakuniy kommyunike loyihasi xavfsizlik kafolatlari haqida emas, balki xavfsizlik va’dalari haqida bo‘lib, qoida tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordamni nazarda tutmaydi, deya qayd etadi dpa. «Yevropa Ittifoqi va a’zo davlatlar hamkorlar bilan birgalikda Ukrainaga uzoq muddatli mudofaa, tajovuzkorlik harakatlarining oldini olish va barqarorlikni buzish harakatlariga qarshi turishda yordam beradigan kelajakdagi xavfsizlik va’dalariga hissa qo‘shishga tayyor», — deya yozadi agentlik hujjatdan iqtibos keltirgan holda.
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024