Telegram-kanallarda 30 iyun kuni Namangan viloyati Pop tumani hududida joylaşgan Çodak dam oliş maskanida qölbola uslubda qurilgan kanatga çiqqan odam dor yölining yarmiga borib töxtab qolgani aks etgan videolar tarqaldi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi internetda tarqalgan videolarning birida dor yölida osilib turgan odam osma kanat işçisi ekani, u kanatni moylayotganda dam oliş maskaniga kelganlar bu holatni videoga olgani, dor yöli har kuni moylanişini ma’lum qildi.
Boşqarma axborot xizmatiga köra, Telegram-kanallarda tarqalgan ikkinçi videoda esa uç nafar ayol osma kanat işçi xodimlari tomonidan yöriqnoma berilişiga qaramasdan dor yöliga çiqişgan paytda özboşimçalik bilan har xil harakatlar qilgani tufayli örtada qolib ketişgan.
Ta’kidlanişiça, bu ikki holat şu keça-kunduzda emas, balki oldin yuz bergan bölib, buning oqibatida heç kim tan jarohati olmagan.
“Hozirda işçi guruh tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muxofaza qiluvçi idoralarga topşirildi”, deyiladi Namangan viloyat FVB axborot xizmatining xabarida.
Ammo Telegram-kanallarda şu yilning 21 iyun kuni tarqalgan yana bir videoda ham kanatga çiqqan odamlardan biri dor yölining yarmida qolib ketgani körinadi. Biroq viloyat FVB bayonotida uşbu holat haqida heç qanday ma’lumot berilmagan.
Çodakdagi dam oliş maskanida kanat bilan boğliq favqulodda vaziyat birinçi marta sodir bölmayapti. Ötgan yili dor yölining troslaridan biri uzilib ketgani sabab içida odamlar bölgan qölbola “kabina” yarim yölda qolib ketgandi









