Ukrainadagi urushning 493-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Peterburgdagi biznes-markazdan «ChVK Vagner Tsentr W» viveskasini olib tashlashdi.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Ukraina 1991 yilgi chegaralariga qaytganidan keyingina bo‘lishi mumkinligini aytdi.
  • Ukraina prezidenti shuningdek Ukraina qurolli kuchlari NATOning iyul oyidagi sammitidan oldin jang maydonida «natija» ko‘rsatmoqchi ekanini aytdi.
  • Jurnalist Mixail Zigarning tasdiqlashicha, Putin Prigojinning isyoni kunida Peterburgda Kovalchukning yaxtasida hordiq chiqarayotgan bo‘lgan.
  • The Washington Post xabariga ko‘ra, Ukraina razvedkasi MRB rahbariga Rossiya bilan muzokaralardan oldin Qrim chegarasiga raketa tizimlari joylashtirmoqchi ekanini bildirgan.
  • Vagnerchilarning Belarusdagi yangi lageri aks etgani aytilayotgan yangi kadrlar e’lon qilindi.
  • BBC va «Mediazona» hamkorligidagi loyiha Ukrainada halok bo‘lgan 27 ming rossiyalik harbiyning shaxsini tasdiqladi.
    Kiyev iqtisodiyot maktabi hisoblariga ko‘ra, Ukraina Kaxovka GES to‘g‘onidagi halokat va uning oqibatlari tufayli kamida ikki milliard dollar yo‘qotdi.
    RF yadro qurollari Belarusga joylashtirilgani munosabati bilan Polsha yana bir bor NATOdan o‘z hududiga AQSh yadro quroli joylashtirilishini so‘radi.
    Permlik kishi harbiy komissariat binosiga o‘t qo‘ygani uchun 10 yil muddatga qat’iy rejimli koloniyaga hukm qilindi. Uni davlatga xiyonat va terakt sodir etish moddalari bo‘yicha aybdor deb topishgan.
  • Krasnodar o‘lkasidan Qrim ko‘prigiga kirishda avtomobillar imillab tekshirilayotgani tufayli ko‘p kilometrlarga cho‘zilgan navbatlar paydo bo‘ldi.

Oyog‘ini yo‘qotgan ukrainalik askar frontga qaytdi

Molot laqabli ukrainalik askar Zaporijjya oblastidagi oldingi chiziqda xandaqda. Molot Rossiya qo‘shinlariga qarshi jangda yaralanib, oyog‘idan ayrilgandi, ammo protez bilan frontga qaytdi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA