Amerikaning Baltimor şahri politsiyasi 2 iyul, yakşanbaga ötar keçasi şahar mavzelaridan birida ommaviy tantanalar vaqtida sodir bölgan otişmaning sabablarini örganmoqda. Otişmada 18 yoşli qiz halok bölgan, 20 yoşli mahalliy fuqaro esa keyinroq kasalxonada vafot etgan. Bundan taşqari, hodisa oqibatida 28 kişi jarohatlangan, ulardan uç nafarining ahvoli oğir, deya xabar berdi mahalliy politsiya.

Baltimor politsiyasi komissari Riçard Uorlining sözlariga köra, jinoyat sodir bölgan joy ança keng bölgan, ammo politsiya va tergovçilar qurolli şaxslarni qidirmoqda.

OAVning qayd etişiça, hodisa butun Qöşma Ştatlar böylab mamlakat Mustaqillik kunini nişonlaş arafasida ötkazilgan ommaviy tantanalar fonida sodir bölgan. Misol tariqasida AP agentligi 2 iyulga ötar keçasi Kanzas ştati klublaridan birida sodir bölgan otişma natijasida töqqiz kişi jarohatlangan şunga öxşaş voqeani ham keltirmoqda.

Baltimordagi otişma guvohlaridan birining ommaviy axborot vositalariga aytişiça, tantanalar paytida odamlar pirotexnika portlaşlari ovozini öq deb adaşgan va şu sababli ular haqiqiy otişmaga darhol e’tibor bermagan.

Baltimor meri Brendon Skott jinoyat joyida jurnalistlar bilan gaplaşar ekan, voqeani qoralab, uni “bölmasligi kerak bölgan fojia” deb atadi. "Bu yana bir bor köçalarimizdagi noqonuniy qurollarning eng yuqori darajasiga qarşi kuraşiş zarurligini va unga ega bölmasligi kerak bölganlar uçun uni qölga oliş imkoniyati mavjudligini yana bir bor ta’kidlaydi”, — dedi siyosatçi.