Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida multimodal yuk tashuvi rivojlantiriladi
Shuningdek, Toshkent – Lahor yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Faruq bilan uchrashdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.
Uchrashuvda, xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvi hajmini oshirish maqsadida tomonlar Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvni rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent – Lahor yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash, «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temiryo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026