TMZ bankrotlik yoqasida. Ofşordagi kompaniyalar loyihani tark etdi
|02:37 / 05.07.202356 5149 min
Toşkent metallurgiya zavodi 2017-2022 yillarda taxminan 79,5 mln dollar zarar körgan. Bu loyihaning umumiy qiymati 334,5 mln yevroni taşkil etib, şundan 179,6 mln yevrosi taşqi kreditlar edi. Kiprda röyxatdan ötgan ta’sisçi ofşor kompaniyalar loyihadan çiqib ketdi, bankrotlik xavfi ostidagi zavod va uning qarzlari davlat jamğarmasining zimmasida qoldi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yilning 22 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida Toşkent metallurgiya zavodi ta’sisçiligiga oid sud işi körib çiqilgan.
Zavodning 49,9 foizlik uluşga ega ta’sisçisi – Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi sudga murojaat qilib, korxonaning qolgan ikki ta’sisçisi – Kiprning Metalloinvest Holding (41,87 foiz) va Miramonte Investmens (8,23 foiz) ofşor kompaniyalariga qarşi da’vo arizasi kiritgan.
TMZ 2017 yil 26 yanvarda MÇJ sifatida röyxatdan ötkazilgan. Keyinçalik, jamiyat ustavining yangi tahriri tasdiqlanadi va u qöşma korxona sifatida qaytadan taşkil etiladi.
Gazeta.uz'ning e’tibor qaratişiça, sudga da’vo kiritgan Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi kombinatda bugungi kunda moliyaviy qiyinçilik yuzaga kelgani, 2022 yil yakunlari böyiça sof zarar 316,8 mlrd sömni, 2017-2022 yillarda töplangan zarar esa 916,92 mlrd söm (taxminan 79,5 mln dollar)ni taşkil etganini körsatib, korxonaning moliyaviy holatini yaxşilaş böyiça şoşilinç çoralar köriş zarurligini ta’kidlaydi. Jumladan, qöşma korxona ta’sisçilari 2023 yilga möljallangan biznes-rejani tasdiqlaşi, ilgari jalb qilingan, muddati ötib ketgan kreditlarni qaytariş muddatlarini uzaytirişi kerak bölgan.
Şuningdek, qarzlar va boşqa turdagi kreditlar berişga ixtisoslaşgan, ustav kapitali 10 ming rubl (taxminan 111 dollar) bölgan Rossiyaning “Xalqaro moliya texnologiyalari XXI” kompaniyasidan qöşimça mablağ jalb etiş kerakligi aytilgan. Bu korxonadan Rossiya Markaziy bankining asosiy stavkasiga (7,5 foiz) teng bölgan foiz stavkasi bilan 24 oy muddatga 1,5 milliard rubl (16,7 million dollar) jalb qiliş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, 2018 yil 24 oktyabrdagi sindikatlaştirilgan kredit şartnomasi şartlariga muvofiq zavod mulkini garovga qöyiş va boşqa masalalarni hal etiş közda tutilgan.
19 aprel kuni TMZ barça ta’sisçilarga, şu jumladan javobgar tomon – Metalloinvest Holding va Miramonte Investmens'ga qaror qabul qiliş muhim bölgan masalalar röyxati bilan iştirokçilarning navbatdagi umumiy yiğilişini çaqiriş töğrisida bildirişnoma yuborgan. 2 va 5 may kunlari korporativ poçta orqali mazkur korxonalar rahbarlariga (javobgar tomonlarga) takroriy bildirişnomalar yuborilgan.
Kiprda röyxatdan ötkazilgan Metalloinvest Holdinğning 100 foiz aksiyalariga egalik qiluvçi “Oskol elektrometallurgiya kombinati” AJ özining 5 maydagi maktubida javobgar tomon qöşma korxona faoliyatida, şu jumladan jamiyat a’zolarining umumiy yiğilişlarida qatnaşişdan boş tortişini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
Sud qarorida keltirilişiça, “Oskol elektrometallurgiya kombinati” özining jamiyat ta’sisçilari röyxatidan çiqarib yuborilişiga qarşilik bildirmagan.
“Oskol elektrometallurgiya kombinati” AJ – Metalloinvest tuzilmasi bölib, USM holdingiga tegişli. Holding egalaridan biri – milliarder Alişer Usmonov.
Ikkinçi javobgar tomon Miramonte Investmens ham, AQŞ Moliya vazirligi ma’lumotiga köra, Alişer Usmonovga aloqador. Bu kompaniya 2022 yil martidan beri TMZ faoliyatida, şu jumladan kompaniya iştirokçilarining umumiy yiğilişlarida qatnaşmagan va jamiyat murojaatlarini javobsiz qoldirgan.
“Javobgar tomonlarning harakatsizligi jamiyatni moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun eng muhim qarorlarni qabul qilişni imkonsiz qilib qöymoqda, bu esa, öz navbatida, kompaniyaning kreditorlar oldidagi majburiyatlarini bajarişga imkon bermaydi va kompaniyani bankrotlik xavfi ostiga qoldiradi”, deyilgan Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi da’vosida.
12 iyun kuni Toşkent şahar sudining iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati da’voni qanoatlantiradi va Kipr kompaniyalari zavod ta’sisçilari röyxatidan çiqariladi. Şuningdek, javobgar tomondan 3,3 million söm sud xarajatlari undirilişi belgilanadi.
Jamğarma sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyatini beradi va sud xarajatlarini taqsimlaş töğrisidagi qarorni özgartirişni, xarajatlarni TMZdan undirişni söraydi. Apellyatsiyaga sabab qilib javobgar tomon Kipr rezidentlari ekani, Özbekistonning bu davlat bilan özaro huquqiy yordam böyiça ikki tomonlama kelişuviga ega emasligi, şu sababli sud xarajatlarini javobgarlardan undiriş imkonsiz ekani körsatiladi.
Biroq apellyatsiya instansiyasi sudi da’vogarning vajlari Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasi böyiça sud xarajatlarini qöşma korxonaga yuklaş uçun asos böla olmaydi, deb hisoblab, sudning 22 iyun kungi qarorini özgarişsiz qoldiradi.
Toşkent metallurgiya zavodi haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati
2017 yil 7 aprelda Özbekiston prezidentining “Toşkent metallurgiya zavodi qurilişi” investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinadi. Dastlab, loyihaning umumiy qiymati 278,2 million yevroga baholangan bölsa, keyinçalik bu miqdor 334,47 mln yevrogaça oşiriladi.
Şundan 164,5 million yevro Rossiya eksport-import bankining 10 yilga berilgan krediti, 154,7 million yevro Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari, 15,1 million yevro esa Asakabank krediti hisoblanadi. Loyihaning özini qoplaş muddati 9,3 yil deb körsatiladi.
Zavodni 49,7 gektar maydonda quriş loyihasi Rossiyaning “Metprom” guruhi tomonidan tayyor holatda topşiriş şarti asosida amalga oşirildi, ya’ni guruh ham loyihaçi, ham boş pudratçi bölgan. Zavod Italiyaning Danieli kompaniyasi texnologiyasi va avtomatlaştirilgan uskunalari bilan jihozlangan.
Loyihani amalga oşirişni SFI Management Group xorijiy kompaniyasi boşqarib, quriliş va foydalanişga topşirişning barça bosqiçlarini, jumladan, loyihani işlab çiqiş, barça manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib boriş, investitsiyalar, kreditlar jalb qiliş va xorijiy mutaxassislarni jalb etişni töliq nazorat qilgan.
Gazeta.uz'ning qayd etişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev zavod işga tuşirilişi bilan Özbekistonda metallurgiya mahsulotlarini işlab çiqariş zanjiri şakllantirilişi, mahalliy korxonalarda lokalizatsiya darajasi sezilarli darajada oşişini ta’kidlagan. Zavod işga tuşirilişi bilan birinçi bosqiçda yiliga 400 million dollar çet el valutasining mamlakatdan çiqib ketişining oldi olinişi kutilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2021 yilda Özbekiston 2,09 milliard dollarlik çöyan va pölat, 577,7 million dollarlik metall buyumlar import qilgan. 2022 yil oxirida bu körsatkiçlar mos ravişda 2,5 milliard va 730,8 million dollarga oşgan.
Bundan taşqari, 2020 yilning 30 iyuniga qadar kengligi 600 mm va undan ortiq (TN TIF kodlari 7210 49 000 0 va 7210 70 800 0) prokat yoki qotişmagan pölat importi uçun bojxona tölovlari undirilmagan. Keyin esa tovar bojxona qiymatining 10 foizi miqdorida boj joriy etildi. Hozir boj stavkasi 10 foiz, lekin 1 kg uçun 0,25 dollardan kam bölmagan miqdorni taşkil etadi.
Ta’kidlaş lozim, TMZ loyihasini amalga oşiriş barobarida, «Özmetkombinat» AJ qoşida litiy-prokat majmuasini quriş ham boşlangan (narxi – 800 million dollar). Uning foydalanişga topşirilişi bilan TMZ bilan birgalikda «metallurgiya klasteri»ni yaratiş rejalaştirilgan edi.
Ta’sisçilar
Foto: Prezident matbuot xizmati
Dastlab ustav kapitali 197,8 million yevro (hozir 154,8 mln dollar) bölgan TMZning ta’sisçilari Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (49,9 foiz yoki 98,7 million yevro) va Niderlandiyaning Metallurgical Technology and Engineering B.V. kompaniyasi (50,1 foiz, 99,1 mln yevro) bölgan.
Loyihani boşqargan SFI Management Group loyiha uluşdorlari qatorida bölişni istagan. Natijada ta’sisçilarning röyxatida özgariş bölgan va Metallurgical Technology and Engineering B.V.ning uluşi 41,9 foizgaça kamayib, SFI Management Group 8,2 foiz uluşni qölga kiritadi.
Biroz muddat ötganidan keyin, Metalloinvest Holding (Kipr) kompaniyasi Metallurgical Technology and Engineering B.V. örnini egallab, 41,8 foiz, Miramonte Investmens esa SFI örnini olib, 8,2 foiz uluş egasiga aylanadi.
2022 yil aprelida Toşkentda bölib ötgan sanoat körgazmasida “Metalloinvest” boş direktori Nazim Efendiyev kompaniya “investitsiya kiritib, TMZ kapitaliga kirgani”ni ma’lum qilgan. Şu tariqa, Metalloinvest Holding (Cyprus) Limited kompaniyasi Metallurgical Technology and Engineering B.V.ning örnini egallab 41,8 foiz, Miramonte Investmens Limited esa SFIning örnini olib 8,2 foiz uluş egasi bölgan.
Şavkat Mirziyoyev va Qobil Şodiyev (öngda) Toşkent metallurgiya zavodida. 2020 yil 4 dekabr / Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumot uçun, SFI guruhi, Alişer Usmonov Forbes naşriga bergan intervyusida aytişi böyiça, milliarder Fattoh Şodiyevning akasi Qobil Şodiyevning oilasiga tegişli. Qobil Şodiyev Toşkent metallurgiya zavodiga prezident Şavkat Mirziyoyevning taşrifi vaqtida prezidentga zavod haqida taqdimot qilgan.
Alişer Usmonov va unga aloqador kompaniyalar qatorida, “Metalloinvest” va Miramonte Investmens kompaniyalari 2023 yil aprel oyida AQŞ sanksiyalari röyxatiga tuşdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi