4 iyul kuni Özbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan işlar yuzasidan Qonunçilik palatasi yalpi majlisida axborot berdi.

Axborotda ta’kidlanişiça, ötgan yillardagidan farqli, endilikda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi köçat ekiş tadbirlari har yili şakllantiriladigan va tasdiqlanadigan yillik manzilli kökalamzorlaştiriş investitsiya dasturi asosida amalga oşiriladi.

“Manzilli dasturlar – qat’iy belgilangan mexanizmlar asosida mahalliy hokimliklar tomonidan şakllantirilib, Ekologiya vazirligida umumlaştirilgan holda ekspertizadan ötkaziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Manzilli dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oşirişda asosiy e’tibor loyihalaş işlariga qaratilib, bunda, yangidan qayta taşkil etilgan “Yaşilloyiha” loyihalaş instituti asosiy loyihaçi etib belgilanadi.

Şuningdek, hududlarning relefi, iqlim-tuproq şaroiti, suv manbalari, yillik yoğingarçilik miqdori, tuproqning laboratoriya tahlillari natijalaridan kelib çiqib, daraxt-butalarning mos bölgan turlari tanlanadi.

Pudratçi taşkilotlar esa qonunçilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi.

Dasturga asosan, har bir vazirlik va hokimliklar tegişliligiça budjetdan taşqari va mahalliy budjet mablağlari hisobidan öz boğlarini taşkil etadi.

Ekilgan köçatlar va taşkil etilgan boğlar uç yil davomida pudratçi taşkilot tomonidan parvarişlanadi va pudratçi köçatlarni töliq saqlanib qolişi uçun mas’ul va javobgar etib belgilanadi”, – dedi Aziz Abduhakimov.