Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi. Hukumat yo‘l xaritasi tasdiqlandi
2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.

Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Kun.uz’ga yetib kelgan hujjat matniga ko‘ra, quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda:
- Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
- Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;
- Rasmiy veb-saytlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta'minlash.
Shuningdek, quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanadi:
- shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
- ish qog‘ozlari, turli blanklar;
- mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar.
Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

18:31 / 07.05.2024
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin

20:05 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev: Alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur

17:15 / 24.06.2023
Vazirlar Mahkamasi xodimlari lotin yozuvida ish yuritish bo‘yicha o‘qitila boshlandi

21:31 / 13.11.2021