Oliy sud xabariga köra, 2023 yil 4 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Xiva tuman sudida sudlanuvçi Ş.A.ga (1967 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlanmagan, 2018-2020 yillar mobaynida Urganç şahar hokimi lavozimida işlagan) oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.
E’lon qilingan sud hukmiga köra Ş.A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer beriş tartibini buziş) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga 2 yilga muayyan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot va fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida mansabdor va moddiy javobgar şaxs lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Uşbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest bildirişga haqliligi ma’lum qilingan.
- Şuhrat Abdullayev muqaddam Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan, 2018 yil oxirida Urganç şahri hokimi etib tayinlangandi.
- 2020 yil dekabrida esa u lavozimidan ozod etilgandi, ammo u qölga olingani haqida xabar berilmagandi.
«Xorazm Beklari» işi: Hokimlik tadbirkordan 5 milliard sömga yaqin qarzini nega tölamayapti?












