Joriy yilning yanvarida Kun.uz naşrida «Xorazm Beklari» yakson etildi. 6,5 mlrd söm kredit olib mehmonxona qurgan tadbirkorning binosi hokimiyat tomonidan buzib taşlandi» sarlavhali maqola naşr qilingandi.

Unda bankdan 6,5 milliard söm miqdorida kredit olib, birinçi qavati restorandan iborat bölgan köp qavatli mehmonxona binosi qurgan, lekin qurilişlari hokimlik tomonidan buzib taşlangan tadbirkor Umorbek Bekovning muammolari bayon etilgandi.

Tadbirkor turizmni rivojlantiriş maqsadida Urganç şahrida qurayotgan, bitiş arafasidagi mehmonxona 2018 yilning 1 dekabrida şaharning yangi hokimi Şuhrat Abdullayevning oğzaki topşiriği bilan heç qanday ogohlantiriş va hujjatlarsiz buzib taşlangandi.

Öşanda şahar hokimi Şuhrat Abdullayev nega belgilangan tartib böyiça harakat qilmagani haqidagi savollarga «buni hokimiyat yuristidan söraş kerak»ligini aytib, javob berişni istamagandi.

«Lekin tadbirkorning yeri, bankdan olgan krediti va zararini qoplaş masalalari körib çiqiladi», deb va'da bergandi hokim.

Xöş, oradan bir neça oy vaqt ötib vaziyat özgardimi? Bu haqida biliş uçun Umorbek Bekov bilan yana boğlandik.

YouTube

Tas-IX

Tadbirkorning aytişiça, prokuratura organi kömagi bilan uning yeri masalasi hal etilgan. Urganç şahridagi Amir Temur nomli madaniyat va istirohat boği hududiga çegaradoş bölgan Pahlavon Mahmud köçasidan birinçi qavati restorandan iborat köp qavatli mehmonxona binosi qurilişi uçun 2 ming kv.m. yer maydoni doimiy foydalaniş uçun ajratilgan.

Körilgan milliardlab zarari esa qoplab berilmagan. Şundan söng, tadbirkor hokimiyatni sudga bergan. Sud majlisi hokimiyatning har xil vajlari sabab bir neça marta qoldirilgan. Orada tadbirkor vaqt yöqotmoqda, millionlab kredit mablağlari tölamoqda. Nihoyat, Urganç tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi M.Qazaqov boşçiligida nizoli iş körib çiqilgan. Joriy yilning 29 mart sanasida hal qiluv qarori qabul qilingan.