Hukumat qarori bilan avtomobilda yuk va yölovçilarni xalqaro taşişga ruxsatnomalarni ayirboşlaş kvotasini belgilaş, taqsimlaş, beriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisida nizom qabul qilindi.
Ruxsatnomalarda avtomobilda yuk va yölovçilarni xalqaro taşiş turlari (ikki tomonlama, tranzit yoki uçinçi davlatga/dan taşiş) va ulardan foydalaniş şartlari körsatiladi.
Ruxsatnomalar quyidagi asosiy turlarga bölinadi:
- ikki tomonlama yuk taşiş uçun;
- tranzit yuk taşiş uçun;
- uçinçi davlatga/dan yuk taşiş uçun;
- ikki tomonlama/tranzit yuk taşiş uçun;
- ikki tomonlama qatnovlarda yölovçilarni nomuntazam taşiş uçun;
- tranzit qatnovlarda yölovçilarni nomuntazam taşiş uçun;
- ikki tomonlama/tranzit qatnovlarda yölovçilarni nomuntazam taşiş uçun.
Xorijiy/köp tomonlama ruxsatnomalarni oliş uçun arizani milliy taşuvçi özining ERIsi bilan tasdiqlagan holda “Ye-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etadi va ariza olingan kundan 1 iş kunida körib çiqiladi.
Ruxsatnomani beriş yoki berişni rad etiş “Ye-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda amalga oşiriladi.
Ruxsatnomalar ular berilgan kundan 90 kalendar kun içida vakolatli organga qaytariş şarti bilan taşuvçilarga beriladi.
Har bir beriladigan xorijiy/köp tomonlama ruxsatnoma uçun BHMning törtdan biri (82 ming 500 söm) miqdorida yiğim undiriladi.
Milliy taşuvçi tomonidan unga berilgan xorijiy/köp tomonlama ruxsatnomalarni yoki ular böyiça huquqlar uçinçi şaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, “Ye-avto ruxsatnoma” AATda avtomatik tarzda uşbu taşuvçiga – 3 oy muddatga, yil davomida qayta aniqlansa – 6 oy muddatga barça xorijiy/köp tomonlama ruxsatnomalar berilişi töxtatiladi.











