Özbekistonning Surxondaryo viloyatida bu mavsumdagi ilk paxta oçildi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Jarqörğon tumanidagi «Abdumömin Jörayev» fermer xöjaligida ilk paxta oçilgan.
«Dalani aylanar ekansiz, ğözalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan kösak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganini anglaysiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Bildirilişiça, fermer xöjaligida 2023 yil mavsumida paxtaning «Sulton» elita navi ekilgan. Ekiş işlari 19 mart kuni boşlangan.












