Turkiya Qora dengiz don taşabbusining uzaytirilişiga umid qilmoqda, dedi prezident Rajab Toyyib Erdöğan 7 iyul, juma kuni. Rossiya, Turkiya, Ukraina va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) iştirokçi bölgan don eksporti şartnomasi muddati 17 iyulda tugaydi. 

Anqara kelişuv kamida 3 oyga uzaytirilişiga umid qilmoqda, biroq 2 yilga uzaytirilişi tarafdori, dedi Erdöğan Istanbulda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan keyin. Turkiya rahbarining sözlariga köra, u kelasi oy Turkiyada bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham muhokama qiliş niyatida. Kreml avvalroq bunday uçraşuv bölişi mumkinligini tasdiqlagan, biroq aniq sanani aytmagandi. 

Rossiya BMT va Turkiya vositaçiligida 2022 yilning yozida Ukraina Qora dengiz portlarining Rossiya dengiz blokadasini tugatgan kelişuvni yangilamaslik bilan tahdid qilmoqda. Moskva bu taşabbus kelişuvning ajralmas qismi ekanligini va uning ikkinçi qismi, xususan, Rossiya oziq-ovqat va öğit eksportiga ruxsat berişni nazarda tutuvçi Rossiya-BMT memorandumi amalga oşirilmayapti, degan pozitsiyada.

Öz navbatida, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiya va Ukrainadan oziq-ovqat va öğitlar eksporti global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda davom etayotganini ta’kidladi. «Uşbu kelişuvlar xalqaro hamjamiyat zamonamizning muammolarini inobatga olgan holda nimalarga qodirligini köriş uçun kamdan-kam imkoniyatdir», - deyiladi bayonotda. 

BMT ma’lumotlariga köra, Qora dengiz ğalla taşabbusi tufayli ötgan yili 32 million tonna ğalla taşilgan va bu dunyoda oziq-ovqat narxining pasayişiga katta hissa qöşgan.