Şveytsariyaning Jyeneva şahrida sun’iy intellekt böyiça Butunjahon forumi doirasida birinçi matbuot anjumani bölib ötdi, unda töqqizta odamsimon robot iştirok etdi.
Tadbirda robotlar bilan birga ularning yaratuvçilari ham qatnaşdi. Jurnalistlar robotlarga savollar berişdi va maşinalarning insoniyat haqidagi fikrlarini eşitişdi, deb yozdi Reuters.
Matbuot anjumanining asosiy maqsadi sun’iy idrok (SI) xavfli emasligini va insoniyatning global muammolarini hal qilişda yordam berişi mumkinligini isbotlaşdan iborat edi.
Savollarga javob berar ekan, robotlar odamlar bilan işlaş va ularga yordam beriş uçun yaratilganini, odamlar ularga juda mehribon bölgani uçun insoniyatga qarşi isyon qilişni rejalaştirmaganini ta’kidladilar.
Jumladan, tibbiy robot Greys odamlar bilan birgalikda işlaşi va ularga yordam berişini aytdi.
Ameka ismli yana bir robot öz yaratuvçisiga hujum qilişni rejalaştirmaganini, çunki unga yaxşi munosabatda bölayotganini va jamiyatdagi mavqeidan mamnunligini ta’kidladi.
Köpgina robotlar generativ SI sönggi versiyalari bilan takomillaştirildi va savollarga javoblarining murakkabligi bilan öz ixtiroçilarini ham hayratda qoldirdi.
Portretlarni çiza oladigan rassom-robot Ai-Da SI taraqqiyotini tartibga solişni kuçaytirişga çaqirdi.
«SI dunyosining köplab taniqli vakillari uning ayrim şakllarini tartibga solişni taklif qilmoqda va men bunga qöşilaman», deyiladi javobda.
Ammo binafşa soçli Dezdemona xonanda-robot qat’iyatli böldi.
«Men çeklovlarga işonmayman, faqat imkoniyatlarga işonaman», dedi u. «Keling, koinotning imkoniyatlarini örganamiz va bu dunyoni öyin maydonçamizga aylantiramiz».
Sofiya ismli robot rahbarlik töğrisidagi savolga javoban, robotlar odamlardan köra yaxşiroq rahbarlik qilişi mumkinligini aytdi. Biroq keyinçalik uning yaratuvçisi bu javobdan norozi bölgaç, robotlar va odamlar «samarali hamkorlik qilişi» mumkinligini aytdi.













