Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) avgust oyi oxirida Yohannesburgda bölib ötadigan BRICS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) formatini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Siril Ramafosa aytib ötdi. Uning sözlarini Euronews keltirdi. 

Bölajak tadbir assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlar rahbarlarining jismoniy iştirokida yuzma-yuz ötkaziladi. 

«Hammamiz töğridan-töğri, yuzma-yuz muloqot qilişimiz mumkin bölgan uçraşuv ötkazişga qaror qildik», deb tuşuntirdi Ramafosa. U sammitning videoaloqa formatida ötkaziş imkoniyatini istisno qildi. 

Avvalroq, Niderlandiyaning Haaga şahrida joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qilganlikda gumonlab, hibsga olişga order bergan edi. Unga köra, Rim statutini imzolagan 123 ta davlat order talabini bajarişga majbur. Ular orasida JAR ham bor. 

Vladimir Putin JAR raisligida ötişi kutilayotgan BRICS sammitiga taklif olgan. Ammo uning iştirok etiş masalasi yoki qanday formatda iştirok etişi hozirça aniq emas. 

XJS tomonidan Putinni hibsga oliş haqida order berilgaç, JAR noqulay vaziyatdan çiqib ketiş uçun BRICS sammitini videoaloqa rejimida ötkazişi yoki Putinning videokonferensiya rejimida iştirok etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Endi bu order aparteidga qarşi kuraş davridan beri Kremlga yaqin bölgan Pretoriya uçun diplomatik dilemma, deb hisoblamoqda Euronews. 

Janubiy Afrika Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralamagani, lekin betaraf ekani va muloqotni afzal körişini aytgani uçun tanqid qilinadi. 

Ötgan oy Ramafosa Kiyev va Moskva örtasida tinçlik örnatiş uçun Afrikaning yetti davlatidan Ukraina va Rossiyaga tinçlik delegatsiyasi tarkibida borgan edi. 

BRICS sammiti 22-24 avgust kunlari ötişi rejalaştirilgan.