Germaniyaning Rheinmetall konserni yaqin 12 hafta içida Ukrainada zirhli maşinalar işlab çiqaruvçi zavod oçadi. Bu haqda kompaniya boş direktori Armin Papperger 10 iyul, duşanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Zavod, Pappergerning sözlariga köra, mamlakatning ğarbiy qismida joylaşadi. Yangi korxonada tanklar işlab çiqariş va ta’mirlaşdan taşqari Germaniyaning Fuchs zirhli transportyorlari ham işlab çiqariladi. Uşbu korxona negizida nemis mutaxassislari ukrainaliklarga işlab çiqarilgan zirhli maşinalarga texnik xizmat körsatişni ham örgatadi.
«Ukrainaliklar özlariga yordam berişi kerak - agar ular keyingi 10 yoki 20 yil içida doimiy ravişda yevropaliklar yoki amerikaliklarning yordamini kutsa... bu mumkin bölmagan narsadir», dedi Rheinmetall boş direktori.
Rheinmetall zavodni «Ukroboronprom» Ukraina davlat mudofaa konserni bilan hamkorlikda boşqaradi, u ham zavodga egalik qiladi. May oyida kompaniyalar Ukrainaning «mudofaa texnologik imkoniyatlarini» mustahkamlaş böyiça kelişuvni e’lon qilgan edi.
Şu yil boşida Rheinmetall vakili Rheinische Post gazetasiga kompaniya Ukrainada yiliga 400 ga yaqin tank işlab çiqarişga qodir bölgan 200 million yevrolik jangovar tanklar zavodini oçiş niyatida ekanini aytdi.












