11 iyul, seşanba kuni alyansning 31 ta davlati rahbarlari Litva poytaxtida uçraşmoqda. Kutilişiça, asosiy mavzular Ukrainaning NATOga a’zoligi va Şvetsiyaning a’zo bölişi masalalari böladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vilnyusga kelişi ma’lum böldi - uning alyans rahbari Yyens Stoltenberg bilan qöşma çiqişi 12 iyulga rejalaştirilgan. Avvalroq Ukraina rahbari agar Ukraina u yerda NATOga a’zo böliş böyiça real natijalarga erişmasa, sammitga bormasligini aytgan edi. Taxminlarga köra, Kiyev sammit doirasida alyansga qöşiliş taklifini olmaydi - AFP agentligiga köra, AQŞ va Germaniya urişayotgan davlatning NATOga kirişiga qarşi, ammo yuqori darajada a’zolik harakat rejasini bekor qiliş orqali jarayonni tezlaştiriş böyiça qaror qabul qilinadi. Bu a’zolikka nomzodlar, masalan, harbiy va razvedka sohalarida yoki korrupsiyaga qarşi kuraşda a’zolikka tayyorligini körsatadigan dasturdir. Finlandiya va Şvetsiya misolida, NATO qabul jarayonini tezlaştiriş uçun harakat rejasidan voz keçgandi.

Bundan taşqari, Kiyevga Isroilga öxşaş xavfsizlik kafolatlari ham taklif qilinişi mumkin. Avval şunday taklif bilan AQŞ prezidenti Jo Bayden çiqqandi, u 12 iyul kuni Volodimir Zelenskiy bilan uçraşişi kutilyapti. AQŞ, Germaniya va boşqa G7 davlatlari, jumladan, Britaniya va Fransiya Ukrainaga ham şunday va’dalar berişi mumkin. Germaniya hukumatidagi manbalarga köra, qöşma bayonot qabul qilinişi kutilmoqda. 

Şuningdek, Ukraina-NATO kengaşini tuziş va Kiyevga yangi harbiy yuklarni muhokama qiliş rejalaştirilgan. NATO Kiyevga sovet harbiy texnikasini NATOning zamonaviy uskunalari bilan almaştirişga yordam beriş uçun köp yillik yordam dasturi haqida qaror qabul qilmoqçi. Bu maqsadlar uçun dastlab 500 million yevro ajratiş rejalaştirilgan. 

Bir neça oylik qarşiliklardan söng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Şvetsiya ittifoqqa qöşilişi töğrisidagi aktni Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinişini ta’minlaşga va’da berdi. Bu haqda Yyens Stoltenberg vositaçilik uçraşuvi arafasida ma’lum qildi. Şuningdek, Şvetsiyaga NATOning 32-a’zosi böliş imkonini beradigan qonun Vengriya tomonidan ratifikatsiya qilinişi kutilmoqda.