Markaziy bank iyun oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça malumotlarni e’lon qildi.

Unga köra, aholining inflatsiya böyiça kutilmalari 0,4 foiz bandga pasayib, 13,3 foizni taşkil qilgan.

Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi özgarişi (50 foiz);
  • iş haqi va nafaqalarning oşişi (40 foiz);
  • bozorlarda monopoliyaning mavjudligi (38 foiz);
  • narxlarning sun’iy oşirilişi (34 foiz).

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Iyun oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 13,2 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.

Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursining özgarişi (55 foiz);
  • iş haqi va nafaqalarning oşişi (39 foiz);
  • yoqilği mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlaşişi (32 foiz).
Foto: Markaziy bank

Şuningdek, iyun oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,9 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri – 17 foiz, Buxoro – 13,5 foiz, va Samarqand viloyatida 13,3 – foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpoğiston Respublikasi – 10,7 foiz, Jizzax – 11 foiz va Surxondaryo viloyatida – 11,7 foiz sezilgan. 

Iste’molçilar tomonidan narxlari yuqori ösganligi qayd etilgan tovar va xizmatlar:

  • şakar va qandolat mahsulotlari – 37,1 foiz (jami respondentlarning uluşida)
  • göşt va sut mahsulotlari – 33,4 foiz;
  • quriliş mollari – 33,1 foiz;
  • dorilar – 24,1 foiz.