“Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiy” - Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 iyul kuni investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor o‘tkazildi. Kun.uz tadbir tafsilotlari bo‘yicha prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan telefon orqali bog‘lanib, izoh oldi.
Asadovga ko‘ra, yig‘ilishda, asosan, 3 ta masala ko‘rilgan.
- Birinchisi — 2023 yil boshidan beri xorijiy sarmoyalarrni o‘zlashtirish holati.
- Ikkinchisi — yangi loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish rejalari.
- Uchinchisi — investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish.
Yig‘ilishda jahon iqtisodiyotidagi og‘ir sharoitda aholiga munosib sharoit yaratish uchun yuz minglab yuqori daromadli ish o‘rinlarini tashkil etish, dunyo bozorida raqobat qila oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligi ta’kidlangan.
Prezident bu jarayonlarining amalga oshishida sohaga alohida e’tibor qaratib natija talab qilayotgani aytildi. Shuningdek, davlat rahbari yig‘ilishda har bir tarmoq va hududga investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar algoritmini ko‘rsatib bergan.
Prezident matbuot kotibi selektorda investitsiyalarni jalb qilish, ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarning ishdan olinganiga ham munosabat bildirdi.
“Bu boshqa rahbalarni ham xushyorlikka va faollikka undashi kerak, deb o‘ylayman. Kimki fidoyi bo‘lib ishlamasa, xalqni o‘ylamasa, lavozimidan bo‘shatilishi tabiiydir. Konstitutsiyaviy islohotlar va prezidentlik saylovidan keyin mamlakatimiz yangi bosqichiga o‘tmoqda. Endi talab tabiiyki yanada oshadi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha darajadagi rahbarlardan avvalgidan 5 karra, kerak bo‘lsa 10 karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlash talab qilinadi”, — dedi Asadov.
Ma’lumot uchun, prezident mazkur videoselektor yig‘ilishida 2 nafar vazir o‘rinbosari, 3 nafar kompaniyalar raislari, 2 ta shahar va 10 ta tuman hokimlarini ishdan oldi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

15:55 / 25.02.2025
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

20:42 / 05.02.2025
«Protokol amaliyotida ilgari kuzatilmagan voqea bo‘ldi» - malayziyaliklar Shavkat Mirziyoyevning tashrifi haqida

17:38 / 25.12.2024