Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Yaponiyaning Human resources kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda qurilish va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohalariga bir yilda ming nafargacha O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

















