"Ukraina kelajagi NATOda" – xuddi şunday bayonot bilan harbiy alyansning navbatdagi sammiti yakunlandi.
11-12 iyul kunlari Litva poytaxti Vilnyus şahrida bölib ötgan NATOga a’zo davlatlarning rahbarlari uçraşuvi "Geosiyosat"ning bugungi tahlil mavzusidir. Harbiy alyans vakillarining uçraşuvi va sammit davomidagi bayonotlarini muhokama qiliş uçun studiyamizga siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Sayfiddin Jörayevlarni taklif qildik.
Suhbatimizni NATOning eng asosiy bayonoti haqidagi savol bilan boşlamoqçiman.
Nega Ukrainani harbiy alyansga qabul qiliş borasida aniq bir gap aytilmadi? Ya’ni Stoltenberg “Ukrainani NATOga qabul qiliş jarayoni soddalaştiriladi” dedi, biroq nima uçun aniq vaqti va konsepsiyasi mavjud emas?
Sayfiddin Jörayev: Fikringizga unçalik qöşilmayman. Rossiya bilan uruş tugaganidan söng qabul qilişga urğu berişdi. Bundan taşqari, a’zolar örtasida bir fikrga keliş bölmagan, xususan, AQŞning özi Ukrainani qabul qilib bölmaydi, dedi. Germaniya ham şu fikrni bildirdi. Vaqt va şaroit nuqtai nazaridan noaniqlik körinişi mumkin.
Balki NATOning özi uruşning çözilişidan manfaatdordir. Harbiy sanoatga ham foyda bu. Şu nuqtai nazardan kimlar uçundir foyda, kimlar uçundir fojia bu uruş.
Lekin Ukraina taşlab qöyilmaydi. NATO bayonotida ham aytildi. Ukrainaning oldiga demokratik tamoyillarni amalga oşiriş talabi qöyildi. Qurol-yaroğlar böyiça şartnoma tuzilib, bir qismi Ukrainaga kirib kelişni ham boşladi.
Kamoliddin Rabbimov: 2008 yilda NATOga a’zo böluvçilar uçun a’zolik harakatlari dasturi qabul qilingan. NATO Ukrainaga nisbatan mana şu dasturni bekor qildi, lekin aniq muddat belgilanmadi. Ukraina hozir blokka qöşilsa, boşqa davlatlar ham uruşga qöşilişiga töğri keladi. Töğridan töğri Uçinçi jahon uruşiga aylanib ketadi.
Şuning uçun Kollektiv Ğarb bitta vazifa qöyyapti: Ukraina tezroq Rossiyani yengib, uruş tugaşi kerak. Buning uçun bor resurslar taşlanadi. Agar AQŞ qöllayotgan Ukraina yengilsa, AQŞning dunyo geosiyosiy maydonida obrösi tuşadi. Ğarbning maqsadi — birgalikda Rossiyani yengiş, lekin NATO orqali emas. Şuning uçun ham AQŞ va Germaniya Ukrainaning NATOga qöşilişiga qarşi böldi. Ammo hozir harbiy yordam kuçayyapti.













