Buxoro şahrida 22 tup qarağay noqonuniy kesilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 1 oktyabr kuni Buxoro şahrining Bahouddin Naqşband köçasida «Bukhara G.C.» MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalar tomonidan qimmatbaho 22 tup qarağay noqonuniy kesilib, tabiatga 144,3 million sömlik ziyon yetkazilgan.
Biroq, mazkur qilmiş Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi mansabdor şaxslari tomonidan yengilroq jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sifatida rasmiylaştirilgan. Şuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlarni olib qöyiş örniga huquqbuzarlarning öziga topşirib korxona tomonidan şaxsiy manfaatlarda işlatib yuborilişiga yöl qöyilgan. Bundan taşqari, jamiyatga yangi daraxt ekib beriş majburiyati yuklanmagan.
Fuqarolarning xabariga asosan uşbu qöpol qonunbuziliş holati foş etildi. 2023 yil 12 iyul kuni Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) va boşqa moddalar bilan jinoyat işi qözğatildi.
Boş prokuratura tomonidan mazkur jinoyat işi tergovi ustidan nazorat örnatildi.




Tahlillarga köra, 2017–2021 yillarda Buxoro şahrida amalga oşirilgan intensiv quriliş işlari davomida şaharning markaziy qismi yaşillik darajasi 37 foizga qisqargan bölib, uşbu hududdagi nazorat qiluvçi davlat idoralari mas’ul mansabdor şaxslari tomonidan öz xizmat vazifalari su’iistemol qilinişi atrof-muhitga zarar yetkazilişiga sababçi bölayotgan omillardan biri bölib qolmoqda.












