Rossiya tergov qömitasi Ukraina Qurolli kuçlari tomonida jangovar harakatlarda qatnaşgan 178 nafar xorijiy mamlakat fuqarosiga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga tayanib Regnum axborot agentligi xabar bermoqda.

“Ayni paytda öttizdan ortiq davlatning 178 fuqarosiga nisbatan jinoiy ta’qib olib borilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

Rossiya tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Ukraina qurolli guruhlari tomonidan tinç aholi va rossiyalik harbiy xizmatçilarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş böyiça ştabning Mariupolda tezkor yiğilişini ötkazgan.

Qayd etilişiça, Rossiya tergov organlari AQŞ, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Daniya, Şvetsiya, Fransiya, Niderlandiya, Albaniya, Bolgariya va Koreyadan kelgan yollanma askarlarni qidirmoqda. Şuningdek, Finlyandiya, Namibiya, Peru, Isroil, Braziliya, Gruziya, Özbekiston va Boltiqböyi respublikalari fuqarolari ham Ukraina tomonida jang qilayotgani aniqlangan.

Qömita, şuningdek, iyul oyi boşidan buyon qariyb yigirma nafar xorijiy mamlakat fuqarosiga nisbatan sirtdan ayblov kelib tuşganini bildirgan.

“Ukraina Qurolli Kuçlari tomonida yollanma askarlarni yollaş va jangovar harakatlarda iştirok etiş böyiça jinoiy iş böyiça tergov doirasida sönggi ikki hafta içida yana 18 nafar xorijlikni sirtdan sudlanuvçi sifatida jalb qiliş töğrisida qarorlar qabul qilindi”, — deya aniqlik kiritgan Tergov qömitasidagilar Regnum söroviga javoban.

Tergov qömitasi Ukrainada 50 dan ortiq davlatdan kelgan yollanma askar borligi, ular haqida asirga olingan Ukraina xavfsizlik kuçlaridan ma’lumot olinganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, Ukraina hududida kamida 16 ta turli xil qurolli tuzilmalar taşkil etilgan.

Rossiya Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Ukrainadagi jangovar harakatlarda 60 dan ortiq davlatdan, jumladan, Polşa, AQŞ, Kanada, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Gruziyadan kelgan 7 mingga yaqin yollanma askar qatnaşmoqda. Mart oyida Rossiya Ukraina Qurolli kuçlari safiga yollanma askarlarni yollaş holatlarini tekşiriş uçun maxsus guruh tuzgan edi.