Joriy yilning 6 oyi davomida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 3 549 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur holatlar uchun 18 mlrd 570,0 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.

Shundan, aholi iste’molchilari tomonidan 2 326 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 5 mlrd 701,3 mln so‘m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 1 223 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 12 mlrd 869,0 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Eng ko‘p noqonuniy holatlar Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Beshariq, Buvayda, Bog‘dod hamda Uchko‘prik tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.