Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekiston vakillari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar tashkil etadi
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari Umid Mavlonov boshchiligidagi delegatsiyaning 10-13 iyul kunlari Malayziyaga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tashrif davomida Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi rahbari (MASS) Azam bin Baki va ushbu tashkilotning bir qator yuqori mansabli shaxslari hamda Transparency International xalqaro tashkilotining Malayziyadagi bo‘linmasi bosh kotibi Raymon Ram bilan muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirokida Malayziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tajribasi hamda davlat xaridlari, savdo tenderlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha 3 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Tashrif natijasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston vakillari uchun MASS akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi o‘rtasida ta’lim va o‘qitish sohasida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash masalalari yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026