Madaniyat va turizm vazirligi qoşidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlaş markazi» tomonidan World Halal Trust Group va «Halol MAIB Xalqaro sertifikatlaştiriş markazi» bilan «Halol turizm» sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida memorandum imzolandi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni özaro manfaatlilik, şuningdek, teng huquqlilik, özaro işonç, özaro tuşuniş, Özbekistonda «Halol turizm»ni rivojlantirişda ma’naviy va tijoriy maqsadga muvofiqlik samaradorligi asosida mustahkamlaş, qulay şart-şaroitlarni ta’minlaş, davlatning iqtisodiy va madaniy rivojlanişida axloqiy me’yorlar va qoidalarning ahamiyati va muhimligini e’tiborga oliş nazarda tutilgan.
Memorandumga binoan tomonlar «Halol turizm», şu jumladan turizm xizmatlarini «Halol» sertifikatlaş masalalari böyiça qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş va bunday tadqiqotlarni xalqaro, milliy, mintaqaviy darajalarda ötkaziş usullarini işlab çiqişda iştirok etişlari, kasbiy tayyorgarlik böyiça qöşma dasturlarni taşkil etişlari, «Halol turizm xizmatlari» (OIC/SMIIC 9:2019) standarti talablariga muvofiqligiga mehmonxona xizmatlarini sertifikatlaş böyiça birgalikda işlarni amalga oşirişi mumkin.











