AQŞ va uning ittifoqçilari Qora dengiz don taşabbusini almaştiriş yöllarini izlaydi, ammo uning miqyosida muqobilini topiş oson bölmaydi. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlarini jahon bozoriga olib çiqişning boşqa yöllarini topiş uçun yana nima qiliş mumkinligini körib çiqamiz... Lekin unga mos muqobilini topiş juda qiyin», dedi TIV rahbari.
Blinken Rossiyaning kelişuvni uzaytirmaslik qarori bu yöllarni izlaşga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidladi, çunki «agar Rossiya Ukrainadan har qanday eksportga qarşi bölsa, boşqa davlatlar va kompaniyalar öz kemalari va işçilari taqdiridan xavotirga tuşadi».
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Ğalla bitimi»ning amal qilişi 17 iyuldan boşlab tugaganini e’lon qildi. Kreml vakilining sözlariga köra, bunga Rossiya qöygan şartlar bajarilmagani sabab bölgan.
Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT iştirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti böyiça kelişuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina ğallasi asosan Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlariga yetkazib beriladi.
Rossiya kelişuvni uzaytiriş uçun bir qança şartlarni ilgari surmoqda. Zarur şartlar qatorida Rossiya hukumati «Rosselxozbank»ni SWIFT tizimiga qayta ulanişi, qişloq xöjaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berişni qayta tiklaş, suğurta va qayta suğurtalaş böyiça çeklovlarni bekor qiliş, portlarga kirişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni körsatgan.











