19 iyul kuni soat 17:00 da Toşkent şahri Yakkasaroy tumani Bobur köçasida avtobus iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi. Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, «Yutong» rusumli yölovçi avtobusi yölning belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan piyoda, 1972 yilda tuğilgan Ğ.K.ni urib yuborgan.
«Toşşahartransxizmat» matbuot xizmati xabarida aniqlik kiritilişiça, avtobus Bobur köçasi böylab Aeroport köprigidan Askiya bozori çorrahasiga yaqinlaşgan vaqtda, yölning qatnov qismida piyodalar uçun belgilanmagan joydan yölni kesib ötayotganida Ğ.K. oldidan yengil avtomaşina çiqişi natijasida tösatdan orqaga harakatlangani sababli, avtobus uni urib yuborgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida 16-sonli şahar şifoxonasiga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.












