Senat raisi Fransiya Senati raisi Jyerar Larşe bilan uçraşdi.
Uçraşuv çoğida ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantiriş, şu jumladan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.
Fransiya Senati raisi Jyerar Larşe mamlakatimizda keçayotgan tub yangilanişlar jarayonini mamnuniyat bilan tilga olib, sönggi yillarda Özbekistonning çinakam bozor iqtisodiyotiga ötişi va jahonga oçiliş yölida amalga oşirgan işlari mustaqillikning barça yillari davomida qilingan jami işlardan ham salmoqli ekanligini e’tirof etdi.
Fransiyaning Özbekistonga bölgan qiziqişi nihoyatda katta ekaniga urğu berib, Larşe «Özbekiston mintaqada eng aholisi köp bölgan kuçli davlat – Markaziy Osiyoning urib turgan yuragidir. Ayniqsa, jahonda bugungi kunda kuzatilayotgan mavhumlik va notinçlik şaroitida davlatingizni mintaqadagi xavfsizlik va tinçlik markazi deb bilamiz» deb ta’kidladi.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida Fransiya parlamenti bilan hamkorlik guruhlari taşkil etilgan bölib, Fransiya Senatida ham «Fransiya – Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi, quyi palata – Milliy assambleyada «Fransiya – Özbekiston» döstlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Tanzila Norboyeva hamkorlik guruhlari salohiyatidan yanada samarali foydalaniş muhimligini, jumladan, mamlakatlar örtasidagi parlamentlararo hamkorlikning tayanç nuqtalari qonun ijodkorligi, kuçli parlament nazorati va hududiy vakillik tamoyillariga qurilişi zarurligini alohida ta’kidladi. Şu örinda ikkala parlamentning turdoş masalalarga mas’ul qömitalari örtasida ham mustahkam aloqalar örnatilişi mazkur muloqot mexanizmining amaliy samarasini ta’minlaşiga urğu berdi.
Tomonlar ikki palatali parlament demokratik rivojlanişning muhim tarkibiy şarti ekanini birdek e’tirof etib, davlatlar örtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirişda yuqori palatalarning vakillik demokratiyasi mexanizmlaridan samarali foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida Fransiya va Özbekiston mahalliy hokimiyat organlari örtasidagi aloqalarni yölga qöyiş, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş, şuningdek, yaşil iqtisodiyot, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, gender tenglikni ta’minlaş sohalarida ham konstruktiv xamkorlik qilişga kelişib olindi.













