Maqola avvalida unda muhokama qilinadigan texnik vositalar haqida qisqa ma’lumot berib ötamiz:
Köçma fotoradar – haydovçilar tilida “uçoyoq” deb ataluvçi moslama avtomobillar harakat tezligini ölçaş uçun möljallangan bölib, YPX xodimlarining kunlik dislokatsiyasi böyiça muayyan hududda yöl çetlariga örnatiladi.

Mobil kompleks – bu maxsus avtomobillarga örnatilgan fotoradar moslamalari majmui hisoblanadi, iş vaqti vaqti va joylaşuvi YPX xodimlarining kunlik dislokatsiyasi böyiça böladi.


Maxsus avtomatlaştirilgan audio, foto va video qayd etiş texnika vositalari – bu muayyan joyga (asosan şaharlar köçalarida, çorrahalarda, katta yöl yoqalaridagi simyoğoçlar va maxsus ustunlarga) örnatib qöyilgan, qözğalmaydigan, yöl harakati qoidabuzarliklarini aniqlaydigan radar moslamasi.

E’tiborga oliş kerakki, bu maqola “maxsus avtomatlaştirilgan audio, foto va video qayd etiş texnika vositalari” haqida emas.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 31-bandiga asosan, köçma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi harakat tezligini oşirib qoidani buzgan haydovçini moslamaning körsatkiçlari bilan taniştirişi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni körsatişi lozim.
Şu nizomning 34-bandiga köra, köçma fotoradar va mobil komplekslarni qöllaş joyi va vaqti DYHXX saf bölimi (bölinmasi) boşliği tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.












