Respublikaning ayrim hududlari iqtisodiy bazasini diversifikatsiyalaş, ularning ixtisoslaşuvi asosida “yaşil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib çiqib rivojlantiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanadi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
- hududlarni klaster yondaşuvi asosida sohalar böyiça rivojlantiriş, innovatsion işlab çiqariş va xizmat körsatiş, faoliyatni raqamlaştirişni qöllab-quvvatlovçi infratuzilma yaratiş;
- işlab çiqariş va xizmat körsatiş faoliyatida qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy qiliş, sanoat korxonalarida energiya tejamkor texnologiyalarni kengaytiriş, atmosferaga çiqariladigan zararli gazlar taşlanmalarini kamaytirişga qaratilgan modernizatsiya loyihalarini rağbatlantiriş;
- işlab çiqariş va xizmat körsatiş faoliyatida qattiq maişiy çiqindilarni aylanma (sirkulyar) tamoyillar asosida qayta işlaş va ikkilamçi xomaşyo sifatida işlatişni közda tutuvçi texnologiya va amaliyotlarni keng joriy qiliş;
- salohiyatli çegara hududlarida transçegaraviy erkin savdo zonalarini rivojlantiriş.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi “Yaşil kafolat” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, moliyalaştiriş va salohiyatni oşiriş imkoniyatlaridan foydalanişni kengaytirişga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
- tegişli sohalarda, jumladan örmonçilik çora-tadbirlari, örmonlaştiriş va u bilan boğliq daraxtlar ekiş tadbirlarida “yaşil” tadbirkorlikni rivojlantiriş;
- tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş böyiça pilot loyihalarni amalga oşiriş;
- “yaşil” tadbirkorlik hamda tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirişni rağbatlantiriş.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining “yaşil” iş örinlari taşkil etiş hamda tabiiy resurslarga asoslangan oilaviy tadbirkorlik faoliyati uçun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida kreditlar ajratiş takliflari ma’qullanadi.
Bunda, tabiiy resurslarga asoslangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş yönalişi böyiça kreditlar ajratişda asosiy e’tibor dorivor (şirinmiya, kavrak, tikanakli kovul va boşqalar) ösimliklar plantatsiyalari hamda sanoatbop va mevali boğlarni taşkil etişga qaratiladi.
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2024 yil 1 yanvarga qadar tijorat banklari kredit siyosatiga tabiiy resurslarga asoslangan loyihalarni ustuvor ravişda moliyalaştiriş hamda “yaşil” iş örinlari taşkil etişni nazarda tutuvçi özgartiş va qöşimçalar kiritadi.









