Gretsiyaning Rodos orolida minglab mahalliy aholi vakillari va sayyohlar öz uylari hamda mehmonxonalardan evakuatsiya qilingan. Bu haqda mamlakat yonğin xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Orol şarqida vaziyat ayniqsa oğir, bu yerda odamlar plyajlardan sohil qöriqlaş kemalari va xususiy qayiqlarda evakuatsiya qilinmoqda.
Mavjud ma’lumotlarga köra, sayyohlar orasida maşhur bölgan mazkur hududga Gretsiya floti kemalari ham yuborilgan.
Gretsiya öt öçiriş xizmati boşliği örinbosari uning qöli ostidagilar hozirda mamlakatning turli hududlarida yonğinga qarşi kuraşayotgani, ammo Rodosda eng murakkab vaziyat kuzatilayotganini bildirgan.
Kiotari rayonida uç mehmonxonani allaqaçon olov qamrab olgan, bu joyda beş vertolyot va 173 nafar öt öçiruvçi yonğinni öçiriş bilan şuğullanmoqda.

Britaniyalik sayyoh Bekki Malliganning sözlariga köra, uni singlisi va qizi bilan birgalikda mehmonxonadan plyajga olib çiqişgan, bu yerda ular boşqa dam oluvçilar bilan birgalikda qattiq jazirama ostida turib qolişgan.
«Plyajda faqat bitta kiçik şiypon bor, biz esa juda köpçilikmiz, — degan u BBC muxbiriga, — Bolalar juda köp, kunning örtasi, biz esa heç qayerga keta olmaymiz va heç qanday yordamsiz ötirişga majburmiz. Bu şunçaki juda yoqimsiz».
Boşqa bir dam oluvçi Saymon Uitli u tuşlik qilayotganida qölidagi pitssa ustiga kul tuşa boşlaganini aytib bergan.
«Mehmonxonada bu normal holat ekani va xavotirga hojat yöqligi, ular vaziyat böyiça hukumat bilan boğlanişganini aytişdi», — degan u.
Köp ötmay uning mehmonxonasidagilar evakuatsiya qilingan. «Biz bir kun oldin vaqtimizni ötkazgan plyajdagi bar yonib ketganiga guvoh böldik. Hammayoqni quyuq tutun qopladi. Biz buyumlarimiz solingan ikki sumkani mehmonxonada qoldirişimizga töğri keldi», — degan Uitli.

TUI turistik kompaniyasi yonğin tufayli bir neça mehmonxonalari zarar körgan bölsa-da, xavfsizlik nuqtayi nazaridan barça sayyohlarini boşqa yaşaş joylariga köçirişga qaror qilgan.














