Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatini respublika böyiça namunali hududga aylantiriş rejalarini bayon qildi.

Bu haqda u Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev, tuman hokimlari, vazirlikning viloyat boşqarma va tuman bölimi boşliqlari hamda ularning örinbosarlari iştirokida ötgan uçraşuvda aytgan.

Foto: Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi

Jumladan:

- Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinçi til va kasbga örgatişni joriy etiş;

- maktabgaça ta’lim taşkilotlariga ehtiyoj mavjud bölgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda boğçalar taşkil etiş;

- maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va maktabdan taşqari ta’limni sifatli taşkil etiş;

Qayd qilinişiça, uçraşuvda Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kiriş borasida taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

Foto: Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi

Bunda Jizzax şahri, Şarof Raşidov, Ğallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabida öquvçilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslaşuv asosida öqitiş) ta’lim jarayonlari joriy etilişi aytildi.