07:29 / 23.07.2023
18625

O‘rtoqlik o‘yini. «MYu» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, «Chelsi» «Brayton»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Yevropa klublari mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Foto: dailymail

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari AQShda o‘zaro uchrashdi. Filadelfiyadagi bahsda Erik ten Hag shogirdlari Brunu Fernandesh va Jyeydon Sanchoning goli evaziga Mikel Arteta shogirdlarini mag‘lub etishdi.

Tashkilotchilar taklifi bilan o‘yindan keyin o‘tkazilgan penaltilar seriyasida ham «MYu» ustun keldi – 5:3.

«Chelsi» va «Brayton» o‘rtasida Yozgi premer liga doirasida kechgan o‘yinda yettita gol urildi. Bu o‘yinda «Brayton» safida Uelbek hisobni ochdi, ko‘p o‘tmay Nkunku yangi jamoasida qatorasiga ikkinchi o‘yinda gol urib hisobni tenglashtirdi. «Brayton» futbolchisi van Hekke ikkinchi bo‘lim boshida maydondan chetlatilganidan keyin o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi. Dastlab Mudrik «Chelsi»dagi debyut golini urdi, keyin Gallaher hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi, shu yozda «Vilyarreal»dan sotib olingan Jyekson esa debyut o‘yinida debyut golini urib, hisobni yiriklashtirdi.

Ammo shu yozda «Uotford»dan «Brayton» safiga kelib qo‘shilgan Joao Pedro o‘z sa’y-harakatlari bilan hisobni minimal darajada qisqartirdi, u avvaliga o‘zi ishlagan penaltini aniq ijro etdi, keyin o‘z fintlari bilan raqib himoyasini parokanda qilib, Undavning javob goliga assistentlik qildi. 

O‘rtoqlik o‘yinlari. 23 iyul
Arsenal – Manchester Yunayted 0:2

Gollar: 0:1 – 30 Brunu Fernandesh, 0:2 – 37 Sancho.
Arsenal – Remsdeyl, Timber (Uayt, 59), Gabriel, Saliba (Jorjino, 71), Tomiyasu (Tirni, 46), Edegor, Rays (Parti, 58), Haverts (Smit-Rou, 71), Saka (Fabiu Viyeyra, 72), Martinelli (Gabriel Jyezus, 58), Nketia (Trossar, 71).
Manchester Yunayted – Hiton, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 46), Varan (Maguayr, 46), Martines (Lindelef, 46), Shou (Uilyams, 46), Brunu Fernandesh (Maktominey, 46), Maunt (Eriksen, 46), Maynu (Kazemiro, 46), Sancho (Reshford, 46), Antoni (Diallo, 46; Pelistri, 59), Garnacho (Forson, 46).
Penaltilar seriyasi: 3:5.

«Chelsi» – «Brayton» – 4:3
Gollar: 0:1 – Uelbek (13), 1:1 – Nkunku (19), 2:1 – Mudrik (65), 3:1 – Gallaher (72), 4:1 – Jyekson (77), 4:2 – Joao Pedro (79, pen.), 4:3 – Undav (89).
«Chelsi»: Kepa, Gyusto (Xamfris, 71), Silva (Chaloba, 46), Koluill (Holl, 81), Chiluell (Kukurelya, 46), Santos (Fernandes, 63), Gallaher, Sterling (Anjyelo, 63), Chukvuemeka (Kazadei, 46), Matsen (Mudrik, 46), Nkunku (Jyekson, 63).
«Brayton»: J. Stil (Verbryuggen, 45), van Hekke, Uebster (Alsate, 53), Gros (Uir, 66), Hinshelvud (Semyuels, 66), Daud (Veltman), Lallana (Adingra), Gilmor (Ayyari, 53) March (Undav, 45), Mitoma (Ensiso, 53), Uelbek (Pedro, 53) 
Ogohlantirishlar: Nkunku (52), van Hekke (57), Hinshelvud (57).
Qizil kartochka: Yan Pol van Hekke (60)

«Lids» – «Monako» – 0:2
Gollar: 0:1 – Ben-Yyedder (60, penalti), 0:2 – Folland (78).

Rot-Vayss – Borussiya D 1:2
Gollar: 1:0 – 23 Elva, 1:1 – 80 Azar, 1:2 – 86 Volf.
Borussiya D – Kobel (Mayyer, 46), Mene (Nmecha, 46), Hummels (Papadopulos, 75), Shlotterbek (Kollinz, 75), Bensebayni (Ryuerson, 46), Roys (Polmann, 66), Brandt (Volf, 46), O‘zjan (Jan, 46), Malen (Azar, 46), Dyuranvil (Bamba, 46; Bezong, 82), Aller (Mukoko, 46).

Top