Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki dollarni ötkazmoqçi bölgan şaxslar uşlandi.

Qayd qilinişiça, Q.R. va A.N. qalbaki 10 ming AQŞ dollarini X.R.ga haqiqiy 5 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, unga jami 83 dona 100 dollarlik qalbaki banknotlarni berib, qolgan qismini tez kunda yetkazişini aytib, 5 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.