2022 yilning 6 iyul kuni ADM Jizzakh kompaniyasi (Roodell guruhidagi avtomobil zavodi) Chery Automobile bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. 2022 yilning oktyabr oyida esa Toshkentdagi ilk Chery dilerlik markazi o‘z eshiklarini keng ommaga ochdi.

Chery avtomobillarining sotuvlari rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Xitoyning brendi har oy savdo hajmini oshirishga erishmoqda. Iyun oyida u 1290 ta avtomobilni tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 41,8 foizga, birinchi chorakning birinchi oyi, yanvarga nisbatan esa qariyb 433,1 foizga oshdi.

Chery markasi sotuvi boshlanganidan beri 3900 dan ortiq avtomobil sotilgan. 2023 yil iyun oyida sotuvlar 2022 yil oktyabr oyiga nisbatan 64 barobardan ko‘proqqa (!) oshdi, bu brendning xaridorlar orasida mashhurligidan dalolat bermoqda. Chery Tiggo 7 Pro shahar krossoveri markasining sotuvlari yetakchisiga aylandi.

2023 yilning birinchi yarmida sotilgan  Chery avtomobillari soni quyidagi raqamlarni tashkil etdi:

• Chery Tiggo 7 Pro – 2432 avtomobil

• Tiggo 8 Pro – 547 avtomobil

• Tiggo 8 Pro Max – 484 avtomobil

• Arrizo 6 Pro – 131 avtomobil

2023 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgi kunga qadar  Chery global standartlariga muvofiq bezatilgan to‘qqizta rasmiy dilerlik markazlari ochilib, 13 ta dilerlik markazlari esa respublika bo‘ylab to‘liq faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda rasmiy dilerlik markazlari Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qamashi, Denov va Urganch shaharlarida mavjud.

2023 yilning ikkinchi yarmida ushbu markadagi gibrid avtomobillar sotuvlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Chery gibrid avtomobilining tantanali debyuti 2023 yilning oktyabr oyidayoq sodir bo‘lishi kutilmoqda.

2023 yilning mayigacha O‘zbekiston bozorida PRO oilasiga mansub krossoverlari sotilgan edi: Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max, iyun oyidan yesa Chery liniyasi PRO seriyasining yanada kengayganligini ifodalab, yana bir model – to‘laqonli C sinfidagi sedan Chery Arrizo 6 Pro bilan to‘ldirildi.