NASA muhandislari Psyche missiyasini tayyorlaşning yakuniy bosqiçiga ötişdi. Uning doirasida kosmik kema deyarli butunlay temir, nikel va oltin kabi metallardan taşkil topgan Psyche asteroidiga yuboriladi.
Psyche kemasi Kennedi kosmik markazi yaqinidagi Astrotech zavodida yiğildi. U 5 oktyabrga rejalaştirilgan parvozdan oldin yakuniy sinovdan ötkazilmoqda.
Qurilma SpaceX Falcon Heavy öta oğir raketasi yordamida uçiriladi va diametri taxminan 279 kilometr bölgan Psyche asteroidi tomon yönaltiriladi. Bu jism asteroidlar kamari içida parvoz qilmoqda. Manzilga yetib boriş uçun olti yil içida taxminan 4 milliard kilometrni bosib ötiş kerak böladi.
Psyche asteroidi quyoş tizimining eng katta marvaridlaridan biri deb ataladi. Olimlar uning iqtisodiy va ilmiy nuqtai nazardan qançalik qimmatli ekanini yaqinda anglab yetdi. Ular uzoqdan olib borilgan kuzatişlar natijasida asteroid Quyoş tizimining şakllanişi davrida muvaffaqiyatsizlikka uçragan sayyora yadrosi qoldiği bölişi mumkin degan xulosaga keldi. U deyarli butunlay metallardan iborat.
«Agar biz uni qölga kirita olganimizda, dunyo iqtisodiyotidan ham katta, taxminan 10 kvintilion dollardan qimmatroq bölar edi», deb ta’kidlamoqda olimlar.
Biroq, Psyche asteroidining haqiqiy qiymati bu sayyoramiz yadrosi qanday körinişda ekanini bilişdir. Olimlar Yerda seysmik ma’lumotlardan foydalanib, sayyora yadrosining şakli, tuzilişi va xususiyatlarini aniqlaşga harakat qilmoqda. Bu faqat rentgen nurlari yordamida vayronalar ostida kömilgan filni rekonstruksiya qilişga uriniş kabi. Psyche sayyora yadrosi qanday körinişda ekanini va Yer qanday tarkib topganini yaxşiroq tuşunişni ta’minlaydi.
Bundan taşqari, missiya kelajakda ekipaj parvozlari uçun işlatilişi mumkin bölgan texnologiyalar uçun sinov maydonçasi bölib xizmat qiladi. Parvozning özi Falcon Heavy raketasining birinçi sayyoralararo missiyasi bölib, kelajakda Mars missiyasi uçun poydevor qöyadi.











