
Ğarb ekspertlari «Vagner» XHK kuçlari Polşa uçun ham, Yevropaning boşqa istalgan davlati uçun ham jiddiy tahdid böla olmasligini aytişmoqda. Bunga sabab — kompaniya hujumkor yurişlar uçun zarur böladigan oğir qurol-yaroğdan mosuvo qilingan — ularga ajratilgan harbiy texnikalar Rossiya mudofaa vazirligiga topşirilgan.
«Balki buni aytişim kerak emasdi, lekin aytişga majburman. Vagnerçilar asablarimizni tarang qilmoqda. «Ğarbga borgimiz kelyapti. Bizga ruxsat bering», deyişyapti. Men ularga Ğarbda sizlarga nima bor? — dedim. «Varşavaga, Jyeşuvga bir ekskursiya qilib kelsak degandik», deb javob berişdi», — deya Lukaşenkoning sözlaridan iqtibos keltirgan Interfaks.

Lukaşenko avvalroq Putin bilan kelişganidek, vagnerçilarni Belarusning markazida töplab ötirgani, ularni boşqa joyga disklokatsiya qilişni istamayotgani, çunki ularning kayfiyati çatoqligiga urğu bergan.
«Şunisi ahamiyatga molikki, ular Ittifoq davlat atrofida nimalar bölayotganini bilib turişibdi. Buni, şunçaki çizgi tariqasida aytyapman. Şuning uçun biz mudom bu işlarga qarşi çiqamiz, men esa sizdan bu masalani özingizda ham bir qarab körişingizni sörayman», — degan Lukaşenko.
«Belta»ning yozişiça, Putin bilan uçraşuvi çoğida Lukaşenko özining aytişiga köra, Polşa qöşinlari Ittifoq davlat çegaralariga taşlanişini körsatuvçi xaritani namoyiş etgan. Undagi ma’lumotlarga köra, polyak brigadalaridan biri Brest şahridan bor-yöği 40 km narida, boşqasi esa Grodno şahridan 100 km uzoqlikda joylaşgan. Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, bu nuqtalarga asosiy strategik zaxiralar tortib kelinmoqda va u bunday siyosatni «öylanmagan qadam» deb baholaydi.

Lukaşenkoning fikriça, Ğarb davlatlarining yakuniy rejasiga köra ğarbiy Ukraina hududlari Polşaga olib beriladi.
«Ular ğarbiy Ukrainani ajratib olib, uni Polşaga qöşib yuborişmoqçi. Bu Rossiya Federatsiya qöşinlariga qarşi operatsiyada polyaklarning faol iştiroki uçun tölov böladi. Amerikaliklar ham buni qöllab-quvvatlaşmoqda», — degan Lukaşenko.
Amerikaning Uruşni örganiş instituti (ISW) ta’kidigia köra, Belarusda «Vagner» XHKning ixtiyorida oğir qurol-yaroğ mavjudligi xususida biror belgi yöq. Tahlilçilarning eslatişiça, vagnerçilar qurolli isyon yakunlangaç, Putin va Lukaşenko bilan tuzilgan bitimga köra harbiy texnika va boşqa qurollarni RF mudofaa vazirligiga topşirişi kerak bölgan. Öz navbatida, RF mudofaa vazirligi yaqinda yollanma jangçilardan qurol-yaroğ va texnikalarni qabul qilib olgani töğrisida hisobot e’lon qilgandi.
Ekspertlar şuningdek, Belarusdagi Osipoviçi şahri yaqinidagi «Vagner» XHK asosiy bazasining Maxar sun’iy yöldoşlari orqali tuşirilgan fotosuratlariga qarab ham xulosa qilişmoqda. 23 iyul kuni tuşirilgan eng sönggi fotosuratlardan körinişiça, baza içida va uning atrofida turgan transport vositalari yuzlab yengil maşinalar, kiçikroq yuk maşinalari va 35 taça yarimtirkamalardan iborat.

«Belarusda joylaşgan «Vagner» XHK kuçlari toki mexanizatsiyalaşgan texnika bilan ta’minlanmas ekan, Polşa uçun ham, Ukraina uçun ham harbiy tahdid böla olmaydi. Hattoki zarur texnika bilan ta’minlangan taqdirda ham ular NATO uçun jiddiy tahdidga aylanmaydi», — deya xulosa çiqarişgan tahlilçilar.
Ekspertlar yana bir jihatga urğu qaratişgan. «Vagner» XHKning Belarus hududidagi yangi garnizoni Moskvadan 720 km narida joylaşgan. Oldingisi — Krasnodar ölkasida joylaşgani Rossiya poytaxtidan 1370 km narida edi.
«Vagner» XHKning 23–24 iyun kungi harbiy isyonidan söng kompaniya asosçisi Yevgeniy Prigojin Belarusga yöl olişi e’lon qilingan edi. XHK yollanma jangarilariga yo uyga qaytiş, yoki mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaş yoki Prigojin ortidan Belarusga yöl oliş taklif etilgan edi.
14 iyul kuni Belarus Respublikasi mudofaa vazirligi «Vagner» XHK yollanma jangarilari mamlakatga kirib kelişganini e’lon qildi. Vazirlik Mogilyov oblastidagi «maşq nuqtalari» haqida söz oçib, u yerda «Vagner» yollanma jangçilari yöriqçi sifatida iş boşlaşganini xabar qildi. Keyinroq Belarus mudofaa vazirligi «Vagner» XHK bilan Polşa çegarasi yaqinida birgalikda maşqlar ötkazilgani haqida gapira boşladi. «Vagner»ning Marks laqabli «qömondonlar kengaşi» a’zosi Belarusga 10 minggaça yollanma jangarilar kirib kelişini ta’kidlagandi.











