“Hayotni hozirdan boshlang” shiori ostida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va respublika bo‘ylab aholini sifatli, zamonaviy maishiy texnika, uy jihozlari va ko‘plab kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash yo‘lida xizmat qilib kelayotgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i joriy yilning iyul oyida yana 7 ta yangi do‘konni ishga tushirdi. Endilikda quyidagi manzillarda yashovchi aholi ham keng assortimentdagi mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida Xorazm viloyatining Shovot tumani, Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlari, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani, Toshkent viloyatining Keles, Bo‘ka va Zangiota tumanlarida xarid qilish imkoniyatiga ega.

Ta’kidlash joizki, ISHONCH kompaniyasi allaqachon respublika aholisi orasida obro‘ qozongan bo‘lib, o‘zining rivojlanish yo‘lida bir qator katta yutuqlarga erishgan. Shu jumladan, kompaniyaning 2022 yilda hududlar qamrovi bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi nooziq-ovqat riteyli unvoniga sazovor bo‘lgani ham uning muvaffaqiyatli faoliyatidan dalolat beradi. Bugungi kunda ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tarkibiga kiruvchi filiallar soni 90 dan oshdi. Yurtimizning barcha hududlarida aholining yashash tarzini yanada yaxshilashni asosiy maqsadi qilib olgan kompaniya ushbu yo‘nalishda jadal sur’atlarda ko‘zlangan ishlarni amalga oshirmoqda.

Har bir do‘konda 7000 dan ziyod mahsulot turlari taqdim etilgan bo‘lib, bu xaridorlar uchun barcha kerakli mahsulotlarni bir joyda xarid qilish imkoniyatini yaratadi. ISHONCH do‘konlar tarmog‘idan mahsulotlarni muddatli to‘lovga xarid qilishning bir qator qulayliklari mavjud:
- mahsulotlar ko‘pligi va tanlov kengligi;
- xaridlar uchun kafolatlangan bonuslar;
- bepul yetkazish va o‘rnatish xizmatlari;
- xaridni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar;
- 12 oygacha muddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati;
- rasmiylashtirish uchun pasport kifoya (pensioner va rasmiy daromadga ega shaxslar uchun);
- aksiyalar, chegirmali takliflar va hokazo.



















