Jinoyat işlari böyiça Olmaliq şahar sudi 24 iyul kuni may oyida 2 nafar öquvçi qizni urib yuborgan Damas haydovçisiga nisbatan hukm çiqardi. Bu haqda Zametka.uz naşri xabar bergan.

15 may kuni ertalab 19 yaşar haydovçi piyodalar uçun ajratilgan maxsus yölakdan yölni kesib ötayotgan 14 yoşli 2 nafar maktab öquvçisini urib yuborgandi. YTHga Damas haydovçisining svetoforning qizil çiroğida harakatlanişi sabab bölgandi.
Şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, YTHda jabrlangan qizlarning biri 23 may kuni vafot etgan. Damas urib yuborgan boşqa bir öquvçi qizning ahvoli hayot uçun xavfli bölmagan darajada jarohat olgani uçun tirik qolgan. Işni nazoratga olgan Boş prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgandi.

Sud-tibbiyot ekspertizasi davomida qizlarning birida boş suyagi yopiq jarohati, boş miyaning 1-2 darajali çayqalişi, teri osti gematomalari, öng tizza böğimi sohasida yirtilgan jarohatlar borligi aniqlangan. Bunday jarohatlar örtaça jarohatlar deb tasniflanadi.
Ikkinçi jabrlanuvçida esa boş suyagi oçiq jarohati, boş suyagi asosi sinişi, miyaga qon quyilişi, qorin böşliği şikastlanişi, tos suyagi öng tomonining sinişi, boş miya şişi, butun tana böylab kökariş va gematomalar aniqlangan. Bunday jarohatlar oğir jarohatlar deb tasniflanadi, buning natijasida maktab öquvçisi YTHdan töqqiz kun ötib şifoxonada vafot etgan.













