15 may kuni internetda Olmaliq şahridagi maktabning 2 nafar öquvçisini avtomaşina urib yuborgani aks etgan videolar tarqalgan, Toşkent viloyati IIBB YHXB Kun.uzʼga jabrlanuvçilardan birining ahvoli oğir ekanini ma’lum qilgandi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, YTHda jabrlangan qizlarning biri 23 may kuni vafot etgan.
“Damas” urib yuborgan boşqa bir öquvçi qizning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, “Damas” avtomaşinasi haydovçisi svetoforning qizil çiroğiga böysunmay, harakatlanişda davom etgan va Olmaliq şahrining “Tinçlik” köçasidagi çorrahadan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 2 nafar öquvçini urib yuborgan.
Toşkent viloyati IIBB YHXB Kun.uzʼga boş miya yopiq jarohatini olgan öquvçi qizlardan birining ahvoli oğir ekani, yana bir jabrlanuvçi esa yengil jarohat olganini bildirgandi.
Hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan, şuningdek, Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilayotgani xabar berilgan.
Boş prokuratura tomonidan uşbu iş nazoratga olinib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.












